Skip to content

Ichki buyurtma va avtobuyurtma ​

Ichki buyurtma ​

Filial yoki do'kon boshqa ombordan tovar so'raydi. Menyuda Tovarlar → Ichki buyurtmalar.

  1. Qaysi ombordan (masalan, Asosiy ombor) va qaysi omborga (do'kon), tovar va miqdor. Narx kerak emas.
  2. O'tkazish — so'rov tasdiqlandi (tovar hali ko'chmaydi).
  3. Omborchi buyurtmani ochib Asosida yaratish → Ko'chirish ni bosadi — omborlar va qolgan miqdorlar o'zi to'ladi.
  4. Buyurtmada Bajarildi ustuni: nechtasi jo'natildi. Keyingi ko'chirishga faqat qolgani taklif qilinadi.

Avtobuyurtma ​

Nima va qancha xarid qilish kerakligini tizim hisoblaydi. Menyuda Xaridlar → Avtobuyurtma.

Formula: oxirgi 30 kunlik kunlik o'rtacha sotuv (qaytarishlar ayirilgan) × (zaxira kunlari + yetkazish kunlari), minimal qoldiqdan kam emas, minus ombordagi qoldiq va yo'ldagi (o'tkazilgan, hali qabul qilinmagan) xarid buyurtmalari.

Misol: kuniga 4 dona, zaxira 14 + yetkazish 3 kun → 68 dona kerak. 12 bor → 56 dona olish.

  • Yetadi, kun — qoldiq necha kunga yetishi; yetkazishdan oldin tugaydiganlar qizil.
  • Yetkazib beruvchi va narx oxirgi qabuldan olinadi; miqdor va narxni o'zgartirish, keraksizini belgisini olib tashlash mumkin.
  • Xarid buyurtmasini yaratish — har bir yetkazib beruvchiga alohida buyurtma qoralama bo'lib tayyorlanadi. Oldin xarid qilinmagan tovarlar uchun yetkazib beruvchini pastda tanlang.