Modifikatsiyalar va komplektlar
Modifikatsiyalar
Bir xil tovarning rang, o'lcham kabi variantlari. Masalan, "Ko'ylak" → Oq/M, Oq/L, Ko'k/M, Ko'k/L.
- Tovar kartasini oching → Modifikatsiyalar paneli → Qo'shish.
- Xususiyat va qiymatlarni vergul bilan yozing: Rang —
Oq, Ko'k; O'lcham —M, L. Ko'pi bilan 3 ta xususiyat. - "4 ta modifikatsiya yaratish" ni bosing.
Har bir modifikatsiya alohida tovar: o'z qoldig'i, narxlari, shtrix-kodi bor. Kodlari kartaning kodi bilan boshlanadi: 00012-1, 00012-2.
- Ro'yxatda faqat karta ko'rinadi — yonida "4 modifikatsiya" va umumiy qoldiq.
- Hujjat va kassada kartaning o'zi emas, modifikatsiyalar tanlanadi.
- Karta nomi, papkasi, o'lchov birligi, QQS o'zgarsa — modifikatsiyalarga ham o'tadi.
Qoldig'i bor tovar
Qoldig'i bor tovarga modifikatsiya qo'shib bo'lmaydi: avval qoldiqni hisobdan chiqaring, keyin kirim bilan modifikatsiyalarga kiriting.
Komplektlar
Bir nechta tovardan iborat to'plam, bitta qator bo'lib sotiladi. Masalan, "Maktab to'plami" = 2 ruchka + 1 daftar.
- Yangi tovar → Turi: Komplekt.
- Komplekt tarkibi paneliga tovarlarni qo'shing va miqdorini yozing.
- Narxni qo'ying va saqlang.
- Sotilganda ombordan tarkibdagi tovarlar yechiladi, tannarxi FIFO bo'yicha.
- Komplekt qoldig'i — tarkibdan nechta to'liq to'plam chiqishi.
- Komplektni faqat sotish va qaytarish mumkin (kirim, ko'chirish, inventarizatsiya — tarkibdagi tovarlar bilan).