Seriyalar va yaroqlilik muddati
Dori, oziq-ovqat, kosmetika kabi tovarlarni partiya (seriya) va yaroqlilik muddati bo'yicha hisoblash.
Yoqish
Tovar kartasida "Seriya va yaroqlilik muddati bo'yicha hisob" belgisini yoqing.
Kirimda
Qabul qilish, kirim yoki mijozdan qaytarishda har bir qatorda tovar nomi ostida Seriya va Muddat maydonlari chiqadi — to'ldiring.
Sotuv va ko'chirishda
- Seriyani bo'sh qoldirsangiz, tizim o'zi muddati eng yaqinini birinchi chiqaradi (FEFO). Kerak bo'lsa qator bir necha seriyaga bo'linadi; ko'chirishda qabul qiluvchi ombor ham o'sha seriyalarni oladi.
- Aniq seriya yozsangiz — o'sha seriyadan chiqadi; yetmasa "seriyasidan yetmayapti" xatosi chiqadi.
- Kassada seriya avtomatik tanlanadi.
Hisobot
Tovarlar → Yaroqlilik muddati: seriyalar ombor bo'yicha, muddati yaqini tepada. Muddati o'tganlar qizil, 30 kungacha qolganlari ajratilgan; "30 / 90 kun ichida" filtrlari bor.
Tannarx
Tannarx seriyaga emas, tovar bo'yicha FIFO bilan hisoblanadi — ombordagi umumiy qiymat to'g'ri chiqadi.