Skip to content

Ishlab chiqarish ​

Xom ashyodan mahsulot tayyorlaydigan bizneslar uchun: nonvoyxona, sex, oshxona, mebel, tikuv. Menyuda Ishlab chiqarish.

Texkarta ​

Mahsulot nimadan va qancha tayyorlanishi — bir marta yoziladi. Ishlab chiqarish → Texkartalar → Yangi texkarta.

  1. Tayyor mahsulot — masalan, "Non".
  2. Chiqishi — quyidagi xom ashyodan nechta chiqadi: 1 dona yoki 50 donalik partiya.
  3. Xom ashyo — tovar va miqdor: Un 4 kg, Tuz 0,1 kg…
  4. Qo'shimcha xarajat (ixtiyoriy) — partiyaga ish haqi, gaz, elektr; tannarxga qo'shiladi.

Xom ashyo va mahsulot oddiy tovar bo'lishi kerak (xizmat yoki komplekt emas); mahsulot o'z texkartasida xom ashyo bo'la olmaydi.

Ishlab chiqarish hujjati ​

Ishlab chiqarish → Yangi ishlab chiqarish:

  1. Ombor, texkarta va ishlab chiqarilgan miqdor (masalan, 500).
  2. Xom ashyoni hisoblash — texkarta bo'yicha miqdorlar va qo'shimcha xarajat o'zi to'ladi; haqiqatda ko'proq yoki kamroq ketgan bo'lsa, o'zgartiring.
  3. O'tkazish.

O'tkazilganda:

  • xom ashyo ombordan FIFO bo'yicha yechiladi (yetmasa — qaysi biri qancha yetmasligi aytiladi);
  • tayyor mahsulot omborga xom ashyo tannarxi + qo'shimcha xarajat bilan kiradi;
  • hujjat tepasida: "Tayyorlandi: 500 dona Non · tannarx … (1 birligi …)".

Tannarx avtomatik yangilanadi

Keyinroq orqa sana bilan xom ashyo qabuli kiritilsa yoki o'zgartirilsa, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi va undan keyingi sotuvlar foydasi o'zi qayta hisoblanadi.

Texkartani o'zgartirish oldingi ishlab chiqarish hujjatlariga ta'sir qilmaydi — ularda ishlatilgan xom ashyo saqlangan.